Erdo‘g‘an va Putin o‘rtasidagi muzokaralar Sochida bo‘lib o‘tadi

“Muzokaralar haqiqatan ham dushanba kuni Sochida bo‘lib o‘tadi”, deydi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

2032022
Erdo‘g‘an va Putin o‘rtasidagi muzokaralar Sochida bo‘lib o‘tadi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralar joriy yilning 4 sentyabr kuni Sochida bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Muzokaralar haqiqatan ham dushanba kuni Sochida bo‘lib o‘tadi”, degan Peskov.
Uning ta’kidlashicha, har ikki Prezidentning ma’muriyati rahbarlarning uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish bilan band.

Muzokaralar davomida Erdo‘g‘an Rossiya tomonini Ukrainaga Qora dengiz orqali don eksport qilish imkonini bergan g‘alla bitimini yangilash zarurligiga ishontirishga umid qilmoqda.

Rossiyaga safardan so‘ng, Erdo‘g‘an 9-10 sentyabr kunlari Nyu Dehlida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashish uchun Hindistonga jo'nab ketadi. Sammitda Rossiyadan Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham ishtirok etadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Putin , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar