Prezident Erdog’an, Turkiya o’z harakatlari bilan nom qozonmoqda

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, “Turkiya harbiy, diplomatik, iqtisodiy va siyosiy harakatlari bilan nom qozonmoqda. Erdo’g’an Istanbulda dengiz akademiyasi diplom va bayroq topshirish marosimida nutq so’zladi.

2031537
Prezident Erdog’an, Turkiya o’z harakatlari bilan nom qozonmoqda

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an,

“Turkiya harbiy, diplomatik, iqtisodiy va siyosiy harakatlari bilan nom qozonmoqda.

Erdo’g’an Istanbulda dengiz akademiyasi diplom va bayroq topshirish marosimida nutq so’zladi.

Prezident Erdo'g'an, Turkiya urushlar va keskinliklar bilan to'la geografiyada barqarorlik yodgorligi sifatida yulduzi porlayotgan bir davlat ekanini aytdi.

Erdog'an,

“Bizda Istanbul va Chanoqqal’a bo’g’ozlari bor, ular dunyodagi eng strategik ikki suv yo’lidir.

Rossiya va Ukraina o'rtasida boshlangan mojarolar bilan butun insoniyatning nigohi Qora dengizga qaratildi.

  O'rta er dengizi global savdoda muhim rol o'ynashidan tashqari, energiya manbalari bilan ajralib turadi.

  Bir asr muqaddam buyuk davlatlarning raqobat maydoni bo‘lgan mintaqamiz bugun ham xuddi shunday kurashlarga sahna bo‘lmoqda.

Noaniqlik kuchaygan tenglikda Turkiya harbiy, diplomatik, iqtisodiy va siyosiy harakatlari bilan nom qozonmoqda” dedi.

Rejep Tayyip Erdo'g'an, Turkiyaning harbiy kema texnologiyasida ham o'z kemalarini loyihalash, rivojlantirish,

qurish va texnik xizmat ko'rsatishga qodir 10 davlatdan biri ekanligini ta'kidladi.

“Biz aprel oyida foydalanishga topshirgan dengiz flotimizning flagmani TCG Anadolu bilan bu sohada yangi ligaga koʻtarildik.

Bayraktar TB3 SİHA, KIZILELMA va HÜRJET engil hujum samolyotlarida qo'nish va ucha oladigan SİHA kemasi mavjud.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar