Bugun 30-avgust “Buyuk g‘alaba”ga 101 yil to’ldi

Bundan roppa - rosa 101 yil muqaddam yani 1922 - yili Turk armiyasi Ozodlik kurashida g‘alabaga erishdi va bu g‘alaba Mustaqil Turkiya Respublikasining tashkil topishiga imkon yaratdi.

2030837
Bugun 30-avgust “Buyuk g‘alaba”ga 101 yil to’ldi

Bugun Turkiyada “Buyuk g’alaba bayrami”ning 101 yilligi nishonlanmoqda.

Birinchi Jahon urushi oqibatida O‘smoniy davlatining mag‘lub bo’lishi va yurt tuproqlarining chet ellik kuchlar tomonidan bosib olinishiga Gretsiya armiyasining Anado‘luni bosib olishga qaratilgan tashabbusi ham ilova etildi. Ortidan bir necha yil davom etadigan Ozodlik kurashi boshladi. Ozodlik kurashi 1922-yili Izmirning ozod qilinishi bilan yakunlandi va bu yakun Mustaqil Turkiya Respublikasining tashkil topishiga imkon yaratdi. Mustaqilligimizning kafolati hisoblangan qahramon armiyamiz va xalqimizni 30-avgust “Buyuk g’alaba bayrami” bilan chin qalbimizdan muborak bot etamiz. Bu muqaddas g‘alaba uchun o‘z jonini, o‘z qonini, peshona terini qahramonlardek fido etgan, bu go‘zal vatanni bizga armag‘on etgan buyuk ajdodlarimizni hurmat bilan yodga olamiz.   



Aloqador xabarlar