Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashish uchun Sochiga borishi mumkin

Bu haqda AK Partiya rahbari o’rinbosari va partiya kotibi O’mer Chelik matbuotga bergan brifingda ma'lum qildi.

2030234
Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashish uchun Sochiga borishi mumkin

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an joriy yilning 8 sentyabr kuni Rossiyaga tashrif buyurishi mumkin.

Bu haqda AK Partiya rahbari o’rinbosari va partiya kotibi O’mer Chelik matbuotga bergan brifingda ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Sochida uchrashib, don shartnomasini muhokama qilishni rejalashtirgan.

Qayd etilishicha, Erdo‘g‘an Rossiyaga tashrifidan so‘ng Nyu-Dehlidagi katta yigirmatalik (G20) sammitiga boradi. 

Avvalroq, Turkiyadagi diplomatik manbalar Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasidagi uchrashuv Sochida rejalashtirilgani, ehtimoliy sana sifatida 4 sentyabr belgilangani haqida ma’lum qilgandi. Turkiya matbuoti Erdo‘g‘an rossiyalik mavqedoshi bilan muzokaralar chog‘ida don bitimini qayta tiklash masalasini ko‘tarish niyatida ekanligini yozmoqda. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi yaqin orada bo‘lib o‘tishini aytgan, biroq aniq sanalarni ko‘rsatmagan.


Tanlangan kalimalar: #Putin , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar