Szijjarto Erdo'g'anning Vengriyaga tashrifiga munosabat bildirdi

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Szijjarto Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning Vengriyaga tashrifi chog'ida ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib olinganini ma'lum qildi.

2027072

Vengriya davlat radiosi “Kossuth”ning xabariga ko'ra, Szijjarto Prezident Erdo'g'anning Vengriyaga tashrifiga munosabat bildirdi.

Erdo'g'anning 18 dekabr kuni bo'lib o'tadigan yuqori darajali Strategik Kengash yig'ilishi doirasida yana Vengriyaga tashrif buyurishi kutilayotganini aytgan Szijjarto, ushbu tadbir doirasida ustuvor strategik sheriklik o'rnatish uchun shartnoma imzolanishini qayd etdi.

Szijarto ikki davlat yetakchilari oʻzaro munosabatlar va hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olganini taʼkidladi.

Vengriya “Turk oqimi” quvur liniyasi orqali tabiiy gaz sotib olishdan ham manfaatdor ekanini tilga olgan Szijjarto, Turkiyaning energiya sohasidagi muhim tranzit roliga ishora qildi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Vengriya

Aloqador xabarlar