Prezident Erdo‘g‘an Viktor Orban bilan uchrashdi

Erdo‘g‘an, Orbanning taklifiga binoan Vengriyaga tashrif uyushtirdi va shu doirada uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

2026915
Prezident Erdo‘g‘an Viktor Orban bilan uchrashdi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi.

Erdo‘g‘an, Orbanning taklifiga binoan Vengriyaga tashrif uyushtirdi va shu doirada uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Poytaxt Budapeshtdagi Ferenc Liszt xalqaro aeroportidan Karmelita monastiriga borgan Erdo‘g‘an u yerda, Vengriya Bosh vaziri Orban bilan uchrashdi.

Erdo‘g‘an bilan Orban o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama aloqalar, mintaqaviy va global o‘zgarishlar har tomonlama muhokama qilindi.

Uchrashuvdan so‘ng Erdo‘g‘an, Vengriya poytaxtida o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi yugurish musobaqalari finalini tomosha qilib, Karmelita monastirida uyushtirilgan milliy bayramda ishtirok etadi.



Aloqador xabarlar