Turk Qurolli – qurolsiz insonsiz havo transportlari yana AQSh matbuoti e’tiborida

Amerikaning “Business Insider” jurnali, Koʻrfaz davlatlarining Turk Insonsiz havo transportlariga boʻlgan qiziqishi ortib borayotganiga e’tibor qaratib, “Bayraktar TB2”ning yuksalishi haqida ajoyib tahlil chop etdi.

2021412
Turk Qurolli – qurolsiz insonsiz havo transportlari yana AQSh matbuoti e’tiborida

Turk mudofaa sanoatining faxri hisoblangan Qurolli – qurolsiz insonsiz havo transportlari yana bir bor Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) matbuoti kun tartibida oʻrin oldi.

Amerikaning “Business Insider” jurnali, Koʻrfaz davlatlarining Turk Insonsiz havo transportlariga boʻlgan qiziqishi ortib borayotganiga e’tibor qaratib, “Bayraktar TB2”ning yuksalishi haqida ajoyib tahlil chop etdi.

Unda, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarining Turkiyada ishlab chiqarilgan Qurolli – qurolsiz insonsiz havo transportlariga boʻlgan qiziqishi qayd etilar ekan, ayni vaqtda, Turkiyaning Yaqin Sharqdagi qoʻshnilari bilan mudofaa sanoati savdosini orttirganiga e’tibor qaratildi.

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning iyul oyida Saudiya Arabistoni poytaxti Riyodga uyushtirgan tashrifi doirasida rekord kelishuv imzolangani yodga solindi.

Xabarda, Koʻrfaz davlatlari tomonidan bugungacha Xitoyda ishlab chiqarilgan Insonsiz havo transportlaridan foydalanilgani ham unitilmadi.

Ammo, “Bayraktar TB2”ning tez yuksalishi Xitoy Insonsiz havo transportlarini ortda qoldirgani ifoda etildi.

Koʻrfaz davlatlarining faqatgina bir necha yil ichida, jadal tusda, Turk Insonsiz havo transportlarinining eng yirik xaridoriga aylangani ta’kidlandi.

 



Aloqador xabarlar