Hakan Fidan Qur'onga nisbatan sodir etilayotgan hujumlarga munosabat bildirdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Islom hamkorlik tashkilotining 18-Favqulodda tashqi ishlar vazirlari kengashida videokonferensiya orqali ishtirok etdi.

2018478
Hakan Fidan Qur'onga nisbatan sodir etilayotgan hujumlarga munosabat bildirdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Islom hamkorlik tashkilotining 18-Favqulodda tashqi ishlar vazirlari kengashida Qur'onga nisbatan sodir etilayotgan hujumlarga munosabat bildirdi.

Vazirlikning Twitter’dagi sahifasida tarqatilgan xabarga ko’ra, Hakan Fidan Islom hamkorlik tashkilotining 18-Favqulodda tashqi ishlar vazirlari kengashida videokonferensiya orqali ishtirok etdi.

“Vazir Hakan Fidan oxirgi paytlarda Yevropada musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Qur’onga uyushtirilayotgan hujumlarga qarshi kurashish maqsadida mamlakatimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlarining 18-favqulodda kengashida ishtirok etib, nutq so‘zladi",-deyiladi xabarda.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar