Turkiya Pokistonda sodir etilgan hujumni qoraladi

Turkiya, Pokistonning Xayber Paxtunxva viloyatida koalitsiya hukumati hamkorlaridan biri Islom Ulamolar Jamiyati (JUI-F) kongressini nishonga olgan bombali hujumni qoraladi.

2017955
Turkiya Pokistonda sodir etilgan hujumni qoraladi

 

Turkiya, Pokistonning Xayber Paxtunxva viloyatida koalitsiya hukumati hamkorlaridan biri Islom Ulamolar Jamiyati (JUI-F) kongressini nishonga olgan bombali hujumni qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi bayonotida,

"Do'st va qardosh Pokistonning shimoli-g'arbiy qismida (kecha) bo'lib o'tgan siyosiy miting chog'ida sodir bo'lgan portlashda ko'plab insonlar halok bo'lgani  chuqur qayg'u bilan o'rganildi".  Degan ifodaga  o’rin berildi.

 “Ushbu terror harakatini eng qattiq qoralaymiz va hujumda halok bo’lganlar hamda ularning yaqinlari, Pokiston hukumati va xalqiga hamdardlik bildiramiz”,.  Bayonotda Turkiyaning terrorga qarshi kurashda do'st va qardosh Pokistonning yonida bo'lishda davom etishi bildirildi.

Pokistonning Xayber Paxtunxva viloyatida kecha koalitsiya hukumati hamkorlaridan biri bo'lgan Islom Ulamolari Jamiyati (JUI-F) kongressini nishonga olgan bombali hujumda 42 kishi halok bo'lgan, 200 dan ortiq kishi tan jarohati olgan edi.

Politsiya boshlig‘i Axtar Hayat hujumni xudkush-terrorchi amalga oshirganini ma’lum qilgan edi.

Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan bo‘lsa-da, Afg‘onistondagi Tolibon ma’muriyati hujumni qoralagan.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar