Turkiya YeIga qo‘shilish bo‘yicha muzokarani davom ettiradi

“Bizga keragi – juda dolzarb hisoblangan Yevropa integratsiyasi yo‘lini davom ettirish, YeIni o‘zgarishlar uchun ilhom manbai sifatida ko‘ramiz”, dedi Moliya vaziri Mehmet Shimshek.

2018049
Turkiya YeIga qo‘shilish bo‘yicha muzokarani davom ettiradi

 

Turkiya Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokarani davom ettirmoqchi va ayni yo‘nalishdagi ilk qadamni YeIdan kutmoqda.

Bu haqda respublika Moliya vaziri Mehmet Shimshek ma’lum qildi.

“Bizga keragi – juda dolzarb hisoblangan Yevropa integratsiyasi yo‘lini davom ettirish, YeIni o‘zgarishlar uchun ilhom manbai sifatida ko‘ramiz”, dedi vazir.

Shuningdek, u yakuniy a’zolik uchun birinchi zarur qadam sifatida hamjamiyat “ba’zi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xizmatlarni Bojxona ittifoqiga qo‘shish”i zarurligini aytdi.

“Bloomberg” ta’kidlashicha, Turkiya inflyatsiya darajasi ortib borayotgani uchun iqtisodiy muammolarni hal qilishga ko‘proq xorijiy sarmoya jalb qilishga intilmoqda. Markaziy bank rahbari Hafize Gaye Erkan taxminiga ko‘ra, joriy yil inflyatsiya 58 foizni tashkil qiladi.

Bryussel va Anqara YeIga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokarani 2005 yil boshlagan. Bajarilishi lozim bo‘lgan 35 banddan 16 tasi hal etilmagan. Shunga qaramasdan, Turkiya Ittifoqning asosiy iqtisodiy hamkorlarilan hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #Turkiya

Aloqador xabarlar