Prezident Erdog'an, mudofaa sanoati yarmarkasining yopilish marosimida so’zladi

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, “Mudofaa sanoatida yangi zamin yaratgan, sektorni shakllantiradigan va ilg’or texnologiyalarga ega bo’lgan yangi mahsulotlar bilan butun dunyo huzurida bo’lamiz”. dedi.

2017446
Prezident Erdog'an, mudofaa sanoati yarmarkasining yopilish marosimida so’zladi

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an,

“Mudofaa sanoatida yangi zamin yaratgan, sektorni shakllantiradigan va ilg’or texnologiyalarga ega bo’lgan yangi mahsulotlar bilan butun dunyo huzurida bo’lamiz”. dedi.

Prezident Erdo’g'an, Istanbulda o'tkazilgan IDEF'23 16-Xalqaro mudofaa sanoati ko'rgazmasining yopilish marosimida so'zladi.

Prezident Erdog'an,

“Mudofaa sanoati sohasida bosib oʻtgan masofamiz ham maʼlumotnomamiz, ham ilhom manbaimiz, ham qoʻlimizdan kelganicha ishora qiluvchidir”.  Deya ifoda etdi.

Mudofaa sanoatida ma'lum bir bosqichga olib kelingan loyihalarni tezlashtirajaklarini ifoda etgan Erdo'g'an,

"Biz sanoat ehtiyojlarini aniqlaymiz va noyob yechimlarni ishlab chiqamiz." Deya bayonot berdi.

Prezident Erdog'an,

– 2002-yilda mudofaa sohasida atigi 57 ta korxonamiz faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam qancha ekanligini bilasizmi? 2500 ta. Dedi u.

Mudofaa sanoatidagi imkoniyatlarni  do'st va qardosh davlatlar bilan bo'lishishda  davom etishini ta'kidlagan Erdo'g'an,

Xavfsizlik kabi hayotiy muhim masalani davlatlar oʻrtasida tahdid va bosim elementi sifatida qoʻllash toʻgʻri emas”. Deya ifoda etdi.

Prezident Erdog'an,

“Kelgusi davr uchun maqsadimizni eksportni oshirish orqali mudofaa sanoati ekotizimimizni mustahkamlash sifatida belgilab oldik” deya qayd etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar