Erdo'g'an:"“Turkiya Asri”ni qurish yo’lida shaxdam qadam tashlayabmiz"

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha poytaxt Anqaradagi Prezident saroyida bo’lib o’tgan Vazirlar Mahkamasi yig’ilishidan so’ng xalqqa murojaat qildi.

2015595
Erdo'g'an:"“Turkiya Asri”ni qurish yo’lida shaxdam qadam tashlayabmiz"

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha poytaxt Anqaradagi Prezident saroyida bo’lib o’tgan Vazirlar Mahkamasi yig’ilishidan so’ng xalqqa murojaat qildi.

Erdo’g’an Turkiyaga 21 yil ichida olib kelingan ta’lim, sog’liqni saqlash, xavfsizlik, transport, energiya va uy-joy kabi barcha sohalarda mustahkamlangan infratuzilma rivojlanishning eng muhim harakatlantiruvchi kuchi ekanligini aytdi.

Prezident shuningdek, “Turkiya Asri”ni qurish maqsadi yo’lida shaxdam qadam tashlaganligini qo’shimcha qildi.

Savdodan sanoatga, qishloq xo'jaligidan turizmga qadar aholi bandligi va ishlab chiqarishning lokomotivi bo'lgan har sohada siljish davom etayotganini ta'kidlagan Erdo'g'an: “Eksport va turizm deyarli har oy rekordlarni yangilab, oʻz yoʻlida davom etmoqda. Mamlakatimiz xalqaro sarmoyadorlar e’tiboridan joy olmoqda. Biz o‘tkazgan har bir yig‘ilishda mamlakatimizga milliardlab, o‘n milliardlab dollar sarmoya kiritilishi va’da qilinmoqda”,- dedi.

Erdo'g'an, Turkiyani oxirgi 20 yilda o'rtacha 5,5 foizga rivojlantirganligini, milliy daromadni 238 milliard dollardan 1 trillion dollarga olib chiqqanligini va sotib olish paritetiga ko'ra, milliy daromad reytingida dunyoda 11-o'rinni egallaganligini qo’shimcha qildi.

Ish bilan bandlikni 19 milliondan 32 millionga, eksportni 35 milliard dollardan 254 milliard dollarga, sayyohlar sonini 15 milliondan 52 millionga, turizm daromadini 12 milliard dollardan 46,5 milliard dollarga oshirganligini ma’lum qildi.

"Biz har bir sohada misli ko'rilmagan muvaffaqiyatlarga erishdik va uni bugungi kunga yetkazdik. Aholi soni ortib borayotgan va shu bilan birga ishchi kuchi ishtiroki darajasi ortib borayotgan Turkiyada qisqarish u yoqda tursin, ish bilan bandlikning uzluksiz ortib borishi aynan shu ko’rsatgichlarga bog’liq”,-deydi Turkiya prezidenti.

Mamlakat va millatning hech qanday yutug’idan zarracha orqaga qaytishga yo’l qo’ymasligini ta’kidlagan Erdo’g’an, barqarorlik va ishonch ruhida yo’llarida davom ettishini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar