Erdog'an Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon Jidda shahrida valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

2012661
Erdog'an Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdog'an kecha, 17 iyul kuni Ko’rfaz davlatlariga safari doirasida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon Jidda shahrida valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Marosimdan so’ng Erdog’an va valiahd shahzoda Salmon “Al Salam” saroyida tor doiradagi uchrashuvni amalga oshirdi, ortidan delegatsiyalar o’rtasidagi uchrashuvlarga raislik qildi.

Muzokaralar yakunida Turkiya bilan Saudiya Arabiston Qirolligi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya, mudofaa sanoati, energetika, mudofaa va kommunikatsiya sohalarida shartnoma imzolandi.

Prezident Erdog’an shahzoda Salmonga Turkiyaning dastlabki mahalliy “TOGG” elektromobilini sovg’a qildi.

Erdog‘an va valiahd shahzoda Salmon “Al Salam” saroyi hovlisida “TOGG” elektromobilini ko’zdan kechirdi.

Shahzoda Salmon Erdog'an sovg’a qilgan oq rangli “TOGG” elektromobilida Erdog’anni mehmonxonaga olib ketdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Saudiya Arabistoni , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar