Erdo'g'anning Ko'rfaz davlatlariga tashrifi yangi investitsiya oqimini olib keladi

"Buning natijasini kelgusi davrda ko'ramiz. Turkiyaga yana sarmoya oqimi bo'lishini bemalol ifoda eta olaman",-deydi Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz.

2012257
Erdo'g'anning Ko'rfaz davlatlariga tashrifi yangi investitsiya oqimini olib keladi

 

Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmazning ta'kidlashicha, Yangi Bojxona ittifoqi ancha samarali va keng qamrovli iqtisodiy hamkorlikni kun tartibiga olib keladi.

Xususiy bir telekanalda savollarga javob bergan Yilmaz, Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'anning Ko'rfaz mamlakatlariga tashrifi oldidan, o'tgan hafta G'aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek bilan Fors ko'rfazi davlatlariga qilgan tashrifi haqida gapirdi.

Yilmaz Turkiya bu tashriflardan sarmoya sohasida katta yutuqlarga erishishiga ishonganligini bildirib, energiyadan mudofaa sanoatiga, turizmdan infratuzilma loyihalariga qadar ko'plab sohalarda hamkorlik qilish imkoniyatlari borligini aytdi.

Prezident Erdo'g'anning Ko'rfaz davlatlariga tashriflari aniq natijalarni ko'rsatishini ifoda etgan Yilmaz, "Buning natijasini kelgusi davrda ko'ramiz. Turkiyaga yana sarmoya oqimi bo'lishini bemalol ifoda eta olaman",-dedi.

U shuningdek, Bojxona ittifoqini yangilash va Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarda vizani liberallashtirish mavzularida yanada jadal ish olib borilishini qo'shimcha qildi.

"Hozirgi Bojxona ittifoqi faqat sanoat zonasini qamrab oladi. Yangi Bojxona ittifoqi xizmatlar sohasi, davlat xaridlari, shuningdek, sanoat kabi keng doiraga ega bo'lib, ancha samarali va keng qamrovli iqtisodiy hamkorlikni kun tartibiga olib chiqadi. Bu har ikki tomon manfaatlariga javob beradi",-deydi u.

Uning ta'kidlashicha, Turkiya hamisha sarmoyador davlat bo’lgan.Turkiyaga kelgan sarmoyadorlar hech qachon yutqazmaydi.Turkiya har doim o’z majburiyatlariga sodiq qolgan va yaxshi sarmoya muhitini ta’minlashga harakat qilgan davlat.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya , #Jevdet Yilmaz

Aloqador xabarlar