Prezident Erdoʻgʻan NATO sammitini baholadi

Prezident Erdoʻgʻan, 11-12 iyul kunlari Litva poytaxti Vilnyusda boʻlib oʻtgan NATO sammitini baholadi.

2010573
Prezident Erdoʻgʻan NATO sammitini baholadi
erdogan nato paylasimi.jpg

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Litva poytaxti Vilnyusda oʻtkazilgan NATO Davlat va hukumat rahbarlari sammitining mazmunli qarorlar qabul qilishida muhim rol oʻynaganini bildirdi.

Erdoʻgʻan, ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali NATO sammitini baholadi.

Vilnyus sammitini muvaffaqiyatli yakunlaganliklarini bildirgan Erdoʻgʻan unda NATOning jilovlash kuchini oshirish bilan birga Turkiyaning Yevropa ittifoqiga a’zolik jarayoni va Turkiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalarning bekor qilinishida yangi boshlangʻichlar hamda muhim qarorlar qabul qilinishiga imkon yaratganliklarini qayd etgan Erdoʻgʻan soʻzlarini quyidagicha davom etdi:

“Hudo xohlasa, amalga oshiradigan ishlarimiz qoʻlga kiritgan yutuqlarimizni yanada mustahkamlaydi. Yurtimiz manfaatlari, xalqimiz haq-huquqlarini har bir platformada yana-da kuchliroq himoya qilishni davom etamiz. Yaqin kelajakdagi yangiliklar Turkiyaning rolini, kuchini va ta’sirini yana-da orttirganiga birgalikda guvoh boʻlamiz”.



Aloqador xabarlar