Erdo‘g‘an NATO-Ukraina komissiyasi Davlat va hukumat rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, NATO – Ukraina komissiyasi Davlat va hukumat rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etdi.

2010484
Erdo‘g‘an NATO-Ukraina komissiyasi Davlat va hukumat rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, NATO Davlat va hukumat rahbarlari sammiti doirasida uyushtirilgan NATO – Ukraina komissiyasi Davlat va hukumat rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etdi.

Prezident Erdo‘g‘an Litva poytaxti Vilnyusda majlis o‘tkaziluvchi zalga Albaniya Bosh vaziri Edi Rama bilan bordi.

Erdo‘g‘an Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden va NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan bir muddat suhbatlashdi.

Zalda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qo‘l berib ko‘rishgan Erdo‘g‘an, Bayden va Stoltenberg bilan ham suhbatlashdi.

Yig‘ilish paytida Erdo‘g‘an bilan yonma-yon o‘tirgan Zelenskiy, majlis oldidan boshqa davlat va hukumat rahbarlari tomonidan olqishlandi.

NATO - Ukraina komissiyasining davlat va hukumat rahbarlari yig‘ilishi, matbuotga yopiq tarzda o‘tmoqda.

 



Aloqador xabarlar