Turkiya Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lishiga rozi bo‘ldi

A’zolik evaziga Shvetsiya Turkiya va YeI o‘rtasidagi bojxona ittifoqini kengaytirish va Anqaraga YeI mamlakatlari bilan vizasiz rejim joriy qilish bo‘yicha muzokaralarda xayrixohlik-lobbichilik harakati olib borishga va’da berdi.

2009458
Turkiya Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lishiga rozi bo‘ldi

 

NATOning Vilnyus sammiti oldidan Prezident Rajap Tayyip Erdog‘an bilan Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg va Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida Turkiya Shvetsiyaning NATOga qabul qilishiga qo‘ygan vetosini bekor qilishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Stoltenberg muzokaralar yakuni bo‘yicha ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, a’zolik evaziga Shvetsiya Turkiya va YeI o‘rtasidagi bojxona ittifoqini kengaytirish va Anqaraga YeI mamlakatlari bilan vizasiz rejim joriy qilish bo‘yicha muzokaralarda xayrixohlik-lobbichilik harakati olib borishga va’da berdi. 

Mishel ham avvaldan bu taklifni qo‘llaganini bildirdi.

“Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilish uchun parlamentga imkon qadar tezroq taqdim etish choralari ko‘rishini aytdi”, dedi Shimoliy Atlantika alyansi rahbari.

U o‘z nomidan NATOda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maxsus mexanizm va maxsus vakil lavozimini yaratishga, Shvetsiya va Turkiya esa terrorizmga qarshi kurash masalalar bo‘yicha yaqindan aloqalarini davom ettirishga va’da berishdi. 

YeI a’zosi bo‘lgan Shvetsiya sa’y-harakatlarini oshirib, Turkiya va YeI o‘rtasidagi bojxona ittifoqini modernizatsiya qilishga ko‘maklashishga va vizasiz rejim bo‘yicha muzokaralarni faollashtirishga so‘zda berdi”, deb qo‘shimcha qildi Stoltenberg.

AQSH Prezidenti Jo Bayden mazkur kelishuvni olqishlashini bildirib, bayonot berdi. 

“Men Prezident Erdog‘an va Turkiya bilan Yevro-Atlantika mintaqasida mudofaani mustahkamlash uchun ishlashga tayyorman. Ulf Kristersson va Shvetsiyani NATOning 32-a’zo bo‘lib kirishini sabrsizlik bilan kutib qolaman”, deyiladi bayonotda. 

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va YeI tashqi siyosat xizmati rahbari Jozep Borrel ham ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalarida Shvetsiya va Turkiya o‘rtasidagi kelishuv natijasidan mamnun qolganliklarini ma’lum qilishdi. 


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Shvetsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar