Yashar Guler AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan muloqot qildi

Ikki vazir AQSH va Turkiya oʻrtasidagi uzoq yillik harbiy hamkorlikning bugungi holatini yuqori baholagan, shuningdek, davom etayotgan yaqin hamkorlikdan mamnun ekanligini bildirgan.

2009608
Yashar Guler AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan muloqot qildi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Guler AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan telefon orqali muloqot qildi.

AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotga ko’ra, mudofaa vazirlari ikki mamlakat o’rtasidagi ikki tomonlama va ko'p tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

Ikki vazir AQSH va Turkiya oʻrtasidagi uzoq yillik harbiy hamkorlikning bugungi holatini yuqori baholagan, shuningdek, davom etayotgan yaqin hamkorlikdan mamnun ekanligini bildirgan.

Suhbat chog’ida Turkiya, Shvetsiya va NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg o'rtasidagi ijobiy muzokaralar hamda AQSh Mudofaa vazirligining Turkiyaning harbiy modernizatsiyasiga ko'rsatayotgan yordami muhokama qilingan.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Turkiya , #Yashar Guler

Aloqador xabarlar