Erdo'g‘an Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g'alabasi bilan tabrikladi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

2009183

Suhbat chog'ida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining bo‘lajak yig‘ilishiga birgalikda har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish zarurligi haqida so‘z bordi.

Suhbat avvalida Turkiya Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni muddatidan avvalgi Prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan dildan qutladi, saylovchilarning ovoz berishdagi faol ishtirokini hamda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar aholi tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanganini ta'kidladi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, muhim investitsiya loyihalari va gumanitar dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aloqador xabarlar