Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya vakillari bugun Bryusselda uchrashadi

Turkiya, Shvetsiya va Finlandiya tashqi ishlar vazirlari va razvedka idoralari rahbarlari bugun Belgiyaning poytaxti Bryusselda kritik yig'ilishda uchrashmoqda.

2007679
Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya vakillari bugun Bryusselda uchrashadi

 

Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya tashqi ishlar vazirlari va razvedka idoralari rahbarlari bugun Belgiyaning poytaxti Bryusselda kritik yig'ilishda uchrashmoqda.

Shvetsiyaning NATOga a'zoligi Litvada 11-12 iyul kunlari bo'lib o'tadigan Vilnyus sammitining kun tartibidagi ustuvor masalalardan biridir.

Sammit oldidan Bryusselda Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya tashqi ishlar vazirlari va razvedka idoralari rahbarlari ishtirokida yuqori darajali yig'ilish o'tkaziladi.

Yig'ilishda Turkiyadan Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Milliy razvedka tashkiloti (MIT) rahbari İbrahim Kalin va Prezidentning bosh maslahatchisi Akif Chag'atay Kilich vakillik qiladi.

Biroq yig'ilish oldidan Shvetsiya Turkiya kutgan qadamlarni haligacha tashlay olmadi.

Stokgolm tomonidan terrorizmga qarshi qonunga kiritilgan o'zgartirish 1 iyundan kuchga kirsa ham, Shvetsiya Anqara talab qilgan bo'lginchi terror tashkiloti PKK va Fetullohchi terror tashkiloti (FETO’) a'zolarini haligacha ekstraditsiya qilgani yo'q.

Anqara, agar bu choralar ko'rilmasa, Shvetsiyaning NATOga a'zoligini ma'qullamasligini ochiq aytdi.

2022-yil 24-fevralda boshlangan Ukraina-Rossiya urushi chogʻida Shvetsiya va Finlyandiya NATOga aʼzo boʻlish uchun ariza berdilar va Finlyandiyaning jarayoni aprel oyida yakunlandi.

Shvetsiya esa Turkiyaning roziligini hali olmagan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Uchrashuv , #Finlandiya , #Shvetsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar