Hakan Fidan Yens Stoltenberg bilan uchrashdi

Hakan Fidan NATO qarorgohida Yens Stoltenberg bilan uchrashdi.

2007992
Hakan Fidan Yens Stoltenberg bilan uchrashdi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Turkiya, Shvetsiya va Finlandiya hay’atlari o‘rtasida Shvetsiyaning NATOga a’zolik murojaati bilan bog‘liq uchrashuvi oldidan NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan uchrashdi.

Belgiya poytaxti Bryusseldagi NATO qarorgohida Fidan bilan Stoltenberg o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin Turkiya, Finlandiya va Shvetsiya hay’atlarining yig‘ilish o‘tkaziladi. Unda, Shvetsiyaning NATOga a’zolik murojaatining muhokama qilinishi kutilmoqda.  

Stoltenberg mezbonligida uyushtirilgan yig‘ilishda ishtirok etadigan Turk hay’ati tarkibida Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Milliy Razvedka Tashkiloti rahbari Ibrahim Kalin, Prezident bosh maslahatchisi - elchi Akif Chag‘atay Kilich va Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari - elchi Burak Akchapar ham bor.

Yig‘ilishda 14-iyun kuni poytaxt Anqarada bo‘lib o‘tgan oldingi yig‘ilishdan beri Finlandiya va Shvetsiyaning ayniqsa, terrorizmga qarshi kurashning turli jihatlari doirasida, uch tomonlama memorandum asosida tashlagan qadamlarni ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.

NATO Madrid sammiti oldidan Turkiya, Finlandiya va Shvetsiya tomonidan 2022-yilning 28-iyuni kuni imzolangan uch tomonli memorandum bilan doimiy qoʻshma mexanizm tashkil etilgandi.

Bugun NATOda o‘tkazilgan muzokaralar ushbu mexanizmning beshinchi yig‘ilishi bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #Yens Stoltenberg , #NATO

Aloqador xabarlar