Turk rasmiylar Shvetsiyada Qur’on-i Karimning yoqib yuborilishini qoraladi

Kecha, Shvetsiya poytaxti Stokgolmda asli iroqlik Salvan Momika ismli shaxs Stokgolm jome’ masjidi oldida politsiya himoyasi ostida Qur’onni yoqib yuborgandi.

2005071
Turk rasmiylar Shvetsiyada Qur’on-i Karimning yoqib yuborilishini qoraladi
ömer çelik.jpg

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Shvetsiyada qayd etilgan Qur’on provokatsiyasini qoraladi.

Bu haqda Fidan o‘zining Twitter hisobi orqali:

“Muborak Qurbon hayitining birinchi kunida, muqaddas kitobimiz Qur’on-i Karimga qarshi Shvetsiyada sodir etilgan jirkanch harakatni qoralayman! Islomga qarshi qo‘l urilgan ushbu harakatlarga so‘z erkinligi bahonasi bilan yo‘l qo‘yib berilishi esa, qabul qilinmay turgan darajada noto‘g‘ridir. Bunday jirkanch harakatlarga rozilik bildirish, jinoyatga sherik bo‘lish bilan tengdir”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) raisi o‘rinbosari va matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelik o‘zining ijtimoiy tarmoq hisobi orqali bergan bayonotida:

“Shvetsiya rasmiylarining Qurbon hayiti kuni, jome’ masjidi oldida Qur’on-i Karimni yoqish haqidagi murojaatni ma’qullashini lanatlaymiz. Shvetsiya Oliy sudining nafrat jinoyatlarini himoya qilish pozitsiyasini keskin qoralaymiz. Avval ham aytganimizdek Qur’on-i Karimga qarshi qilingan har qanday hurmatsizlik, insoniyatga qarshi qo‘l urilgan jinoyatdir. Biz bu la’natli harakatlarga qarshi barcha siyosiy va huquqiy asosda kurashishni davom etamiz”.-dedi.

Kecha, Shvetsiya poytaxti Stokgolmda asli iroqlik Salvan Momika ismli shaxs Stokgolm jome’ masjidi oldida politsiya himoyasi ostida Qur’onni yoqib yuborgandi.



Aloqador xabarlar