Prezident Erdo‘g‘an bilan Shohboz Sharif telefon orqali muloqot qildi

Prezident Erdo‘g‘an bilan Shohboz Sharif, Qurbon hayiti munosabati bilan hayitlashdi.

2005073
Prezident Erdo‘g‘an bilan Shohboz Sharif telefon orqali muloqot qildi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Pokiston Bosh vaziri Shohboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi bayonotga ko‘ra muloqot chogʻida ikkala lider Qurbon hayiti bilan hayitlashib, uning butun insoniyatga, ayniqsa islom olamiga tinchlik, osoyishtalik va farovonlik olib kelishini tilagan.

Prezident Erdo‘g‘an, Oliy darajali strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini kelishib olinganidek eng munosib vaqtda Pokistonda o‘tkazish istagida ekanini bildirdi.



Aloqador xabarlar