Turkiya Isroilning G'azodagi noqonuniy turar-joy qurish faoliyatini qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi Isroil hukumatining ishg'ol ostidagi Falastin hududlarida yangi noqonuniy turar-joy qurish faoliyati haqida yozma bayonot berdi.

2004511
Turkiya Isroilning G'azodagi noqonuniy turar-joy qurish faoliyatini qoraladi

 

Turkiya Isroil hukumatining ishg'ol qilingan G'arbiy Sohilda taxminan 5700 ta yangi turar-joy qurilishini ma'qullaganini qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi Isroil hukumatining ishg'ol ostidagi Falastin hududlarida yangi noqonuniy turar-joy qurish faoliyati haqida yozma bayonot berdi.

"Biz Isroil hukumatining o'zi egallab turgan G'arbiy Sohilda 5700 ga yaqin yangi turar-joy qurilishini ma'qullaganini qoralaymiz. Yil boshidan buyon yangi rekord oʻrnatib, 13 mingdan oshgan noqonuniy aholi punktlari ikki davlat yechimi zaminiga va doimiy tinchlik istiqboliga jiddiy zarar yetkazgani aniq. Isroil ishg’ol qilingan Falastin hududlarida xalqaro huquqni buzgan holda Falastin xalqining huquqlarini poymol qilgan va hech qanday tarzda qabul qilib bo’lmaydigan bu turar-joy qurish faoliyatini zudlik bilan to’xtatishi kerak",-deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Turkiya

Aloqador xabarlar