Erdo'g‘an NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan muloqot qildi

Yetakchilar suhbat chog'ida Shvetsiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishi va Rossiyadagi vaziyatni muhokama qildi.

2004244
Erdo'g‘an NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, Erdo‘g‘an Stoltenbergga Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish istagiga yashil chiroq yoqilishi uchun o‘z shartini aytgan. Uning bildirishicha, buning uchun Stokgolmda noqonuniy deb topilgan PKK tarafdorlarining namoyishlari to‘xtatilishi kerak. 

“Erdo‘g‘an Stoltenbergga Turkiya konstruktiv munosabatda ekanligini, biroq Shvetsiyaning terrorizmga qarshi qonunlarni Anqara talablarini qondirish uchun o‘zgartirishi “ma’nosiz” bo‘lganini, PKK tarafdorlari mamlakatda norozilik namoyishlarini o‘tkazayotganini aytdi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Muloqotda Rossiyadagi so‘nggi voqealar ham ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, Rossiyada keskinlik pasayishi bilan Ukraina atrofida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gumanitar falokatning oldi olingan. 

NATO Bosh kotibi Stoltenberg Rossiyadagi o'zgarishlar Ukrainada adolatli tinchlik yo'lida yangi bosqich bo'lishiga tilak bildirdi.

Ma’lumot uchun, Shvetsiya va Finlyandiya 2022 yilning may oyida Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish uchun ariza bergan, biroq Turkiya PKK va PYD terrorchi deb e’lon qilishni hamda 2016 yilda terrorchilik yoki davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etishda ayblanganlarni ekstraditsiya qilishni talab qilib, qo‘shilish jarayonini bloklagan. 2022 yilgi NATO sammiti oldidan ushbu muammolarni hal qilish uchun Turkiya, Finlyandiya va Shvetsiya o‘rtasida ikki shimoliy davlat qilishi kerak bo‘lgan aniq qadamlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan memorandum imzolangan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 mart kuni Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini ma’qullagandi. 4 aprel kuni esa Finlyandiya ittifoqning 31-a’zosi sifatida blokga rasman qabul qilingandi.

 


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar