Bayraktar TB2 ning 500-chisi ishlab chiqarildi

Dunyoning eng ko'p davlatiga eksport qilingan Turkiyaning birinchi milliy qurolli uchuvchisiz havo vositasi (SİHA) Bayraktar TB2 ning 500-chi ishlab chiqarish liniyasidan chiqdi.

2003813
Bayraktar TB2 ning 500-chisi  ishlab chiqarildi
bayraktar tb2 500-1.jpg
bayraktar tb2 500.jpg

 

Dunyoning eng ko'p davlatiga eksport qilingan Turkiyaning birinchi milliy qurolli uchuvchisiz havo vositasi (SİHA) Bayraktar TB2 ning 500-chi ishlab chiqarish liniyasidan chiqdi.

Baykarning bayonotiga ko'ra, ishlab chiqarishi  tugallangan va ishga tushirilgan 80 ta IHA  bilan birgalikda ishlab chiqarilgan Bayraktar TB2 S/IHAlar  soni jami 580 taga yetdi.

Bayonotda fikrlari o'rin olgan Baykar boshqaruv kengashi raisi va texnologiya rahbari Selchuk Bayraktar,   Eng ko'p mamlakatlarga eksport qilinib, dunyoning turli burchaklarida muvaffaqiyatini ko'rsatgan va o'z sinfida dunyodagi eng yaxshi SİHA bo'lgan Bayraktar TB2 ni  ishlab chiqargan Baykar jamoasini tabriklaganligini bildirdi.

Baykar milliy va dastlab ishlab chiqqan Bayraktar TB2 SİHA'lar o'tmishda 27 soat 3 daqiqa havoda qolib, 27,30 fut balandlikka ko'tarilib, aviatsiya tarixida eng ko’p vaqt  balandlikda qolib rekordlarini yangiladi.

Hozirgacha 600 mingdan ortiq muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirgan milliy SİHA Bayraktar TB2 Turkiyaning eng uzoq uchadigan milliy  havo vositasi. Chegara ichida va tashqarisida amalga oshirilgan operatsiyalarda muhim missiyalarda ishtirok etadigan Bayraktar TB2 SİHA'lar, Turkiya bilan bir qatorda doʻst va qardosh oʻlkalar xavfsizligiga katta hissa qoʻshdi. U qonuniy hukumatning Liviyada davlat to‘ntarishi tashabbuskorlariga qarshi kurashida katta muvaffaqiyatlar ko‘rsatdi.

  2020-yilda Ozarbayjonning Armaniston tomonidan 30 yil bosib olingan Qorabog‘ni ozod qilish uchun olib borgan “Yagona Vatan operatsiyasi”da urush xarakterini o‘zgartirdi.

  Ozarbayjonning g'alabasi jahon urushi tarixiga SİHAlarning birinchi g'alabasi sifatida kirdi.

2022-yilda boshlangan Rossiya-Ukraina urushida Ukraina kurashida timsolga aylangan Bayraktar TB2-larning oʻyinchoqlari tayyorlandi va ular uchun marshlar tuzildi.

Mamlakatda Bayraktar radiosi tashkil etildi va yangi tug'ilgan chaqaloqlarga "Bayraktar" deb nom berildi.

Bayraktar TB2 gumanitar yordam missiyalarida va ofatlarda ham samarali foydalanilmoqda.

Bayraktar TB2 SİHA uchun hozirgacha 30 davlat bilan eksport shartnomalari imzolandi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #İshlab chiqarildi , #500-chi , #TB2 , #Turkiya

Aloqador xabarlar