Bugun Vashingtonda Turkiya-AQSh muzokaralari bo'lib o'tadi

Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Burak Akchapar boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Viktoriya Nuland va AQShning yuqori martabali rasmiylari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazadi.

2003504
Bugun Vashingtonda Turkiya-AQSh muzokaralari bo'lib o'tadi

 

Turkiya-Amerika Qo'shma Shtatlari strategik mexanizmi doirasidagi muzokaralar bugun AQSh poytaxti Vashingtonda bo'lib o'tadi.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

Qayd etilishicha, Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Burak Akchapar boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Viktoriya Nuland va AQShning yuqori martabali rasmiylari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazadi.

"Maslahatlashuvlarda ikki tomonlama munosabatlar bilan bir qatorda mintaqaviy muammolar va xalqaro o‘zgarishlar ham ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan”,-deyiladi bayonotda.

Eslatma: Turkiya-AQSh strategik mexanizmi 2022 yilning aprel oyida poytaxt Anqarada yo'lga qo'yilgandi. Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan va AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken 21 iyun kuni Angliya poytaxti Londonda uchrashgandi.

Turkiya-AQSh Strategik mexanizmi 2022-yil oktyabr oyida Italiya poytaxti Rimda Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan AQSh Prezidenti Jo Bayden o‘rtasida erishilgan kelishuvga ko‘ra, 2022-yil 4-aprel kuni Anqarada ishga tushirilgandi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar