MMV, "Otalar kuni" munosabati bilan maxsus videolavha bo‘lishdi

“Otalar kuni” - dunyoning bir necha davlatida har yili iyun oyining uchinchi haftasining yakshanba kuni, otalar hurmatiga bag‘ishlangan maxsus kundir. Turkiya ham bugun "Otalar kuni"ni nishonlamoqda.

2001110
MMV, "Otalar kuni" munosabati bilan maxsus videolavha bo‘lishdi

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) “Otalar kuni” munosabati bilan xizmatdagi Turk Qurolli kuchlari xodimlari tayyorlagan videolavhani bo‘lishdi.

Vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi hisoblarida mavzu haqida:

«Vatanni – nomus, xalqni – jon, bayroqni – muhabbat deb bilgan va shu yo‘lda o‘z jonini fido qilgan shahid va g‘oziylarimizning otalari bosh bo‘lish bilan birga barcha otaxonlarni “Otalar kuni” munosabati bilan tabriklaymiz».-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Mazkur videolavhada mamlakatda va chet elda xizmat qilgan Turk Qurolli kuchlari xodimlarining “Otalar kuni” bilan bog‘liq tabrik so‘zlariga ham o‘rin berildi.



Aloqador xabarlar