Dunyo liderlari Erdoʻgʻanga tabrik soʻzlarini yetkazishni davom etmoqda

Turk siyosiy tarixida prezidentlik saylovi birinchi marta ikki bosqichda oʻtkazildi va natijada amaldagi prezident, Jumhur ittifoqi nomzodi Rejep Tayyip Erdoʻgʻan mamlakatning oʻn uchinchi prezidenti etib saylandi.

1993368
Dunyo liderlari Erdoʻgʻanga tabrik soʻzlarini yetkazishni davom etmoqda

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning qayta saylanishi munosabati bilan dunyo liderlari ham telefon orqali ham da yozma ravishda tabrik soʻzlarini yetkazishni davom etmoqda.

Shu doirada Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Prezidenti Ersin Tatar, Iordaniya Qiroli Abdulloh II, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro, Gretsiyaning sobiq bosh vaziri va Yangi Demokratiya partiyasi yetakchisi Kiryakos Mitsotakis, Liviya Oliy Davlat kengashi raisi Halid Ammar al-Mishri Prezident Erdoʻgʻanni telefon orqali saylovdagi muvaffaqiyati bilan tabrikladi va natijalarning turk xalqi uchun hayrli boʻlishini tiladi.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ham Prezident Erdoʻgʻanga qoʻngʻiroq qilib, qayta saylangani munosabati bilan muborak bot etdi.

Stoltenberg ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida, telefon orqali amalga oshirilgan muloqotda iyul oyida Vilnyusda boʻlib oʻtadigan NATO sammiti, Ukrainani qoʻllab-quvvatlash, NATOni jilovlash va mudofaa kuchini mustahkamlash, Shvetsiyaning NATO tarkibiga kirish jarayonini yakunlash kabi muhim mavzularni ham muhokama qilganliklarini bildirdi.

Arman jamgʻarmalar ittifoqi (ERVAP) rahbari Bedros Shirinoʻgʻlu ham tabrik maktubida Erdoʻgʻanni takror prezident boʻlib saylanishi bilan qutladi.  

Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim, prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichidagi muvaffaqiyati munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanni telefon orqali tabrikladi.

Eslatib oʻtamiz:

Turk siyosiy tarixida prezidentlik saylovi birinchi marta ikki bosqichda oʻtkazildi va natijada amaldagi prezident, Jumhur ittifoqi nomzodi Rejep Tayyip Erdoʻgʻan mamlakatning oʻn uchinchi prezidenti etib saylandi.



Aloqador xabarlar