Turkiya Malayziyaga ANKA tizimini eksport qiladi
Malayziya Mudofaa vazirligi bilan imzolangan shartnoma doirasida 3 ta ANKA tizimi taxminan 100 million dollarga eksport qilinadi.
1991007

Turkiya aviatsiya va fazo texnologiyalari kompaniyasi (TUSAŞ) 3 ta ANKA tizimini Malayziyaga taxminan 100 million dollarga eksport qiladi.
Mazkur kompaniya Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng yirik mudofaa yarmarkalaridan biri bo'lgan Langkawi xalqaro dengiz va aviatsiya yarmarkasida (LIMA 2023) eksport bo’yicha yangi shartnomaga imzo chekdi.
Malayziya Mudofaa vazirligi bilan imzolangan shartnoma doirasida 3 ta ANKA tizimi taxminan 100 million dollarga eksport qilinadi.
Malayziya ehtiyojlariga xos radarlar sun'iy yo'ldosh orqali boshqarish imkoniyatiga ega ANKAlarda qo'llaniladi. Yetkazib berish 2 yil ichida yakunlanishi kutilmoqda.
Shartnoma “Faza-1” deb nomlansa-da, Malayziyaning ANKA ta'minoti “Faza-2”, “Faza-3” sifatida davom etadi.