Turkiyaning ilk ballistik raketasi «Tayfun» yana sinab koʻrildi
Turkiyaning mahalliy va milliy manbalar bilan ishlab chiqilgan ilk ballistik raketasi «Tayfun» yana sinab koʻrildi.
1989665

Turkiyaning mahalliy va milliy manbalar bilan ishlab chiqilgan ilk ballistik raketasi «Tayfun» ikkinchi marotaba sinab koʻrildi va undan muvaffaqiyatli natija olindi.
Sinov bugun ertalab Rize-Artvin aeroportida amalga oshirildi.
Mudofaa sanoati rahbari Ismail Demir, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida mazkur sinov tasvirlarini boʻlishdi.
«Tayfun» tamomlanganida 1000 kilometrlik masofaga ega boʻlishi kutilmoqda.
«Tayfun»ning birinchi sinovi oʻtgan yilning 22-oktabri kuni yana Rize-Artvin aeroportida amalga oshirilgandi.