Turkiya AQSh raketa esminetining Limassol portiga borishga munosabat bildirdi

Turkiya Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) raketa esminetining Limassol portiga tashrifiga munosabat bildirdi.

1987923
Turkiya AQSh  raketa esminetining Limassol portiga  borishga munosabat bildirdi

 

Turkiya Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) raketa esminetining Limassol portiga tashrifiga munosabat bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligi, AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga qarashli USS Arleigh Burke nomli boshqariladigan raketa esminetining Kipr Rum maʼmuriyati (GCA) nazorati ostidagi Limassol portiga tashrifi munosabati bilan,

“AQShning mintaqada Kipr turk tomoniga qarshi olib borgan beqarorlashtiruvchi qadamlari bu davlatning orolda uzoq yillardan beri saqlab kelgan neytral pozitsiyasiga putur yetkazmoqda va Kiprda adolatli, doimiy va barqaror yechim topishga to’siq bo’lmoqda”. deya qayd etildi.

Vazirlik, mavzuga oid yozma bayonotida, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (KKTC) tomonidan AQSh 6-flotiga qarashli USS Arleigh Burke va bir AQSh suv osti kemasining Kipr Rum portlariga tashrifiga qarshi qilgan bayonotini qattiq qo'llab-quvvatlaganliklarini bildirdi.

Bayonotda qayd etilgan:

“Biz Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bilan bir necha bor ta’kidlaganimizdek, AQShning mintaqada Kipr turk tomoniga nisbatan beqarorlashtiruvchi qadamlari bu davlatning orolda uzoq yillardan beri saqlab kelgan neytral pozitsiyasiga putur yetkazmoqda. Bu Kiprda adolatli, doimiy va barqaror yechim yo'lida to'siq bo'ladi. Biz Qo'shma Shtatlarni ushbu siyosatlarni ko'rib chiqishga taklif qilamiz.

Kiprda kafil davlat bo‘lgan Turkiya har qanday shart va sharoitda Kipr turklarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda qat’iylik bilan davom etishini yana bir bor ta’kidlamoqchimiz.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi  Tashqi ishlar vazirligi, AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli USS Arleigh Burke nomli boshqariladigan raketa esminetining Kipr Rum boshqaruvi nazorati ostidagi Limassol portiga tashrifiga munosabat bildirgan edi.



Aloqador xabarlar