Erdo'g'an don yo‘lagi bo‘yicha shartnoma yana ikki oyga uzaytirilganini aytdi

“Turkiyaning sa’y-harakatlari, shuningdek, rossiyalik va ukrainalik do‘stlarning ko‘magi bilan Qora dengiz donlari bo‘yicha kelishuv yana ikki oyga uzaytirildi”, deydi Erdo‘g‘an.

1988195
Erdo'g'an don yo‘lagi bo‘yicha shartnoma yana ikki oyga uzaytirilganini aytdi

 

Rossiya, Ukraina va Turkiya o‘rtasida tuzilgan “Don bitimi” yana ikki oyga uzaytirildi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

Turkiya rahbari Rossiya Federatsiyasi va Ukraina vakillariga tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. 

Erdo‘g‘an Anqaraning sa’y-harakatlari, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina pozitsiyalarining konstruktivligi va BMTning hissasi tufayli Qora dengiz portlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha 2022 yil 22 iyuldagi Istanbul kelishuvi bir necha bor uzaytirilganini qayd etdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuvni uzaytirish muddati tugash arafasida edi. 

“Turkiyaning sa’y-harakatlari, shuningdek, rossiyalik va ukrainalik do‘stlarning ko‘magi bilan Qora dengiz donlari bo‘yicha kelishuv yana ikki oyga uzaytirildi”, deydi Erdo‘g‘an. 

Siyosatchining ta’kidlashicha, ushbu kelishuv global oziq-ovqat ta’minotining uzluksizligi, ayniqsa, ehtiyojmand mamlakatlar uchun hayotiy ahamiyatga ega.  

“Umid qilamanki, bu qaror [“don bitimi”ni uzaytirish] barcha tomonlar manfaatlariga javob beradi. Biz kelishuvlarning barcha shartlarini bajarish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettiramiz, uni yanada kengaytirish choralarini ham ko‘ramiz”, deydi Prezident. 

Erdo‘g‘an, shuningdek, Rossiya tomoniga Turkiya kemalarining Nikolayev va Olviya portlaridan chiqishiga to‘siqlar yaratmaslikka tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi. 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova don kelishuvi ikki oyga uzaytirilganini tasdiqladi. 

“Biz Turkiya Prezidentining Qora dengiz tashabbusi muddati ikki oyga uzaytirilgani haqidagi  e’lonini yana bir bor tasdiqlaymiz, bu esa so‘zda emas, balki amalda global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga – birinchi navbatda, eng muhtoj davlatlarga yordam berishga imkon beradi”, deydi Rossiya TIV vakili brifingda. 

Bosh vazirning Qayta tiklash bo‘yicha o‘rinbosari – Ukraina jamoalar, hududlar va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Aleksandr Kubrakov don bo‘yicha kelishuv ochilganini va u 18 iyulgacha davom etishini aytdi. 

“Shartnomadagi hamkorlarimiz – Turkiya va BMTning sa’y-harakatlari tufayli dunyo Ukraina mahsulotlarini olishda davom etadi. Biz hamkorlardan kelishuv kelajakda va barcha tomonlar imzolagan shartlar asosida ishlashi kerakligi haqidagi mustahkam va maqsadli pozitsiyasi uchun minnatdormiz. Ta’kidlaymanki, don tashabbusi amalda bo‘lgan va amal qiladi, chunki u mart oyida 120 kunlik muddatga, 18 iyulgacha uzaytirilgan edi”, deb yozgan vazir o‘zining Facebook sahifasida.

Ma’lumot uchun, Ukraina g‘allasini eksport qilish bo‘yicha kelishuvlar 2022 yil 22 iyulda Istanbul shahrida tomonlarning e’tirozlari bo‘lmasa, avtomatik ravishda uzaytirish imkoniyati bilan 120 kun muddatga tuzilgan. Hujjatlar BMT va Turkiya tomonidan Rossiya va Ukraina bilan alohida imzolandi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi va BMT o‘rtasida uch yil muddatga Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlarini eksport qilish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risida memorandum imzolandi. 

2022 yil oktyabr oyi oxirida Ukrainaning Qora dengiz floti kemalariga hujumi tufayli Rossiya Federatsiyasi bitimdagi ishtirokini vaqtincha to‘xtatdi. 2 noyabr kuni Ukraina BMT va Turkiya vositachiligida Qora dengizdagi xavfsizlik yo‘lagidan harbiy maqsadlarda foydalanmasligini yozma ravishda kafolatlaganidan so‘ng, Rossiya g‘alla tashabbusidagi ishtirokini qayta tiklashga qaror qildi. 

2022 yil 17 noyabrda tomonlar e’tiroz bildirmagani uchun bitim 120 kun davom etdi. 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar