Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Turkiya-Suriya munosabatlarini yaxshilash haqida gapirdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Turkiya-Suriya munosabatlarini yaxshilash bo’yicha to’rtta qo’mitaning eng qisqa vaqt ichida uchrashishi kutilayotganligini bildirdi.

1985116
Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Turkiya-Suriya munosabatlarini yaxshilash haqida gapirdi

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Turkiya-Suriya munosabatlarini yaxshilash bo’yicha to’rtta qo’mitaning eng qisqa vaqt ichida uchrashishi kutilayotganligini bildirdi.

Vazir Chavusho’g’li, kecha Rossiyaning poytaxti Moskvada o’tkazilgan Turkiya, Eron, Rossiya va Suriya tashqi ishlar vazirlari yig’ilishidan keyin Antaliyada bayonot berdi.

Chavusho'g'li, uchrashuv haqida

“Bugungi yig‘ilishda tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari va tegishli muassasalar ishtirokida  bir “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash va jarayonni bosqichma-bosqich rivojlantirish maqsadid bu  yerda Milliy Mudofaa vaziriligi  Razvedkani  nazarda tutyapmiz, biz qo‘mita tuzishga qaror qildik. Bu qo‘mita imkon qadar tezroq yig‘ilishi kutilmoqda”.

To'rt tomonlama tashqi ishlar vazirlari uchrashuvining konstruktiv va samarali o'tganini tilga olgan Chavusho'g'li, jarayonning tomonlari sifatida Suriyaning tuproq yaxlitligi va suverenitetini yana bir bor qo'llab-quvvatlaganliklarini ta'kidladi.

Yig'ilishda terror tashkilotlari PKK, YPG va DEASHga qarshi kurashda to'liq kelishuv mavjudligini qayd etgan Chavusho'g'li

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik Kengashining 2254-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq siyosiy jarayonning olg'a siljishini ta'kidladilar.

Gumanitar mavzularda hamkorlikning ahamiyatiga e'tibor qaratgan Chavusho'g'li, nafaqat bu 4 o'lka, balki xalqaro hamjamiyat, ayniqsa BMT bilan hamkorlik qilishning ahamiyatiga urg'u berganliklarini bildirdi.

Chavusho’g’li, boshpana izlovchilarning xavfsiz va munosib tarzda qaytishi uchun zarur infratuzilmani birgalikda tayyorlash masalalarini ham muhokama qilganliklarini bildirdi.

  Turkiya sifatida bu jarayonning hech qanday shartsiz va yaxshi niyat bilan davom ettirilishi tarafdori ekanliklariga diqqat qaratdi.

Ozarbayjon, Armaniston va Turkiya o'rtasidagi so'nggi o'zgarishlarni ham muhokama qilganliklarini ifoda etgan Chavusho'g'li, Istanbul g'alla kelishuvining uchrashuv mavzularidan biri ekanligini aytdi.

Chavusho'g'li, ushbu uchrashuvdan ijobiy natijalarga erishish umidida ekanini ta'kidladi.

“Prezidentimiz  Rejep Tayyip Erdog’an oxirgi nuqtada Rossiya Prezidenti Vladimir) Putin bilan ham uchrashdi.

Bu uzaytirish aslida 2 oylik uzaytirish edi, menimcha, biz uni yana kamida 2 oyga uzaytirsak natijaga erisha olamiz deya qayd etdi.

 

 



Aloqador xabarlar