Turkiyaning Sudandagi elchisi mashinasi o‘qqa tutildi

“Elchining mashinasi harakatlanayotgan paytda o‘qqa tutildi, hech kim jarohatlanmadi. Faqat avtomobilga shikast yetgan”, dedi Mavlud Chavusho‘g‘li.

1984527
Turkiyaning Sudandagi elchisi mashinasi o‘qqa tutildi

 

Turkiyaning Sudandagi elchisi Ismoil Chobano‘g‘lu  avtomobili o'qqa tutildi. Hujum oqibatida hech kim jarohatlanmadi.

Bu haqda tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘liga tayanib, “Anadolu” agentligi xabar berdi.

“Elchining mashinasi harakatlanayotgan paytda o‘qqa tutildi, hech kim jarohatlanmadi. Faqat avtomobilga shikast yetgan”, dedi u.
Vazir Sudandagi mavjud vaziyat munosabati bilan Turkiya elchixonasini Xartumdan vaqtincha xavfsizroq joyga – Port Sudanga qo‘chirishga qaror qilinganini ma’lum qildi. 
Diplomatik vakolatxona xodimlari evakuatsiya qilingan.
Avvalroq, Sudan tezkor kuchlari mamlakat Qurolli kuchlarini Turkiya elchisining avtomashinasiga hujum uchun ayblab chiqqan edi. 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Sudan

Aloqador xabarlar