Prezident Erdoʻgʻan energiya sarmoyalariga e’tibor qaratdi

Prezident Erdoʻgʻan soʻnggi paytlarda kiritilgan energiya sarmoyalari haqida ma’lumot boʻlishdi.

1983481
Prezident Erdoʻgʻan energiya sarmoyalariga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali, soʻnggi paytlarda kiritilgan energiya sarmoyalari haqida ma’lumot boʻlishdi.

Prezident Erdo‘g‘an mavzu haqida Twitterdagi sahifasida:

“Qora dengiz tabiiy gazimiz, Gabarda topilgan neftimiz, Qoniyada qurgan yurtimizning eng yirik quyosh elektr stansiyasi va Akkuyu kabi loyihalarimiz yordamida, xorijga ketayotgan 100 milliard dollarlik energiya puli endilikda xalqimiz ixtiyorida boʻladi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Bu pullar sarmoya, bandlik va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash sifatida xalq choʻntagiga tushishini ifoda etgan Erdoʻgʻan, buning uchun mexanizmlar yaratishni boshlaganliklarini bildirdi.

Boshqa tomondan, Prezident Erdoʻgʻan kecha Mersinda soʻzlagan nutqida:

“Qora dengizda topilgan gazning bir qismini oʻgʻit ishlab chiqarishda qoʻllanish orqali, bu borada fermerlarimiz ishini yengillashtiramiz”.-dedi.



Aloqador xabarlar