Turkiya Ruanda xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirdi

Ruandada kuchli yog’ingarchilik tufayli yuzaga kelgan sel va ko'chkilar oqibatida 109 kishi hayotdan ko'z yumdi.

1982416
Turkiya Ruanda xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Ruandada sodir bo’lgan sel va suv toshqinlari oqibatida ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Ruanda xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotida qayd etildi.

100dan ortiq aholi hayotdan ko'z yumgani juda qayg'uli ekani qayd etilgan bayonotda, “Qurbonlarning yaqinlariga, shuningdek do‘st Ruanda xalqi va hukumatiga chuqur hamdardlik bildiramiz”, — deyiladi bayonotda.

Ruandada seshanba kunidan beri davom etayotgan kuchli yog’ingarchilik tufayli yuzaga kelgan sel va ko'chkilar oqibatida 109 kishi hayotdan ko'z yumdi.


Tanlangan kalimalar: #Ruanda , #Turkiya

Aloqador xabarlar