Turkiya Armanistonda yodgorlik oʻrnatilishini keskin qoraladi

Turkiya Armaniston poytaxti Yerevanda yodgorlik oʻrnatilishini keskin qoraladi.

1980136
Turkiya Armanistonda yodgorlik oʻrnatilishini keskin qoraladi

Turkiya, Oʻsmon imperiyasining siyosiy va harbiy liderlari bilan ozarbayjonlik rasmiylarga qarshi suiqasd uyushtirganlarga atab Armanistonda yodgorlik oʻrnatilishini keskin qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Armaniston poytaxti Yerevanda ochilgan «Nemesis» yodgorligi haqida yozma ravishda bayonot berildi.

“1920-yillarning boshida Oʻsmon imperiyasining siyosiy va harbiy liderlari, shuningdek, ana shu davrdagi ozarbayjonlik rasmiylar bilan Oʻsmon imperiyasi tarkibidagi ba’zi arman millatiga mansub fuqarolarga qarshi suiqasd uyushtirganlarga atab Yerevanda «Nemesis» yodgorligi ochilishini keskin qoralaymiz”.-degan ifodalarga oʻrin berilgan bayonotda, bu sharmandali yodgorlikning ochilishi, 31 nafar diplomat bilan ularning oila a’zolari halok bo‘lgan dahshatli terror hujumlariga yoʻl ochgan qonli tadhish harakatini ulug‘lash ekani ta’kidlandi.

Bayonotda, ushbu voqeaning arman matbuotida taqdim etilishi ham tasdiq etilishi imkonsiz noto‘g‘ri tarix izohi ekani va uning ba’zi zehnlarda haligacha davom etayotganiga e’tibor qaratilar ekan ayni vaqtda:

“Turkiya va Armaniston oʻrtasidagi normallashuv jarayoni ruhiga toʻgʻri kelmaydigan bu kabi provokatsion qadamlar, mintaqada barqaror tinchlik oʻrnatishni ko‘zlagan saʼy-harakatlarga hech qanday ijobiy hissa qoʻshmaydi, aksincha, normallashuvga salbiy taʼsir ko‘rsatadi”.-deyildi.



Aloqador xabarlar