Turkiyadagi yer silkinishlari 50 ming 783 kishining umriga zomin boʻldi

Turkiyada 6-fevral kuni sodir boʻlgan yer silkinishlari, 50 ming 783 kishining umriga zomin boʻldi.

1978192
Turkiyadagi yer silkinishlari 50 ming 783 kishining umriga zomin boʻldi

Oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlarida hayotdan koʻz yumganlar soni 50 ming 783 nafarga yetdi.

Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri Suleyman Soʻylu, ishtirok etgan telekanal dasturlaridan birida, oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan va 6-fevral kuni sodir boʻlgan yer silkinishlarida qurbon boʻlganlar soni 50 ming 783 nafar ekanini bildirdi. Qayd etilishicha, ulardan 7 ming 302 nafari muhojirlardan iborat.

Suleyman Soʻylu, tabiiy ofat yuz bergan hududga mamlakatning 81 viloyatidan 85 million fuqaroning yordam yetkazib bergani va hamma, qaysidir jihatdan koʻmaklashishga uringanini bildirdi.

Hozirda mintaqada chiqindi yoki vayronalarni olib tashlash ishlari mamlakatning Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlarni boshqarish yetakchiligi nazoratida, gubernatorlar koordinatsiyasida olib borilayotganini ifoda etgan Soʻylu soʻzlari yakunida:

“11 viloyatdagi 57 ming nuqtada yigʻilgan chiqindining 50 mingtasi olib tashlandi. Uning yirik qismi Hatayda. Hayitgacha tugatishimiz haqida gapirgandik. Tezlik bilan yiqilishi kerak boʻlgan binolarning hammasi yiqitildi. 10 kunda katta ziyon koʻrgan binolarni yiqitish ishlari boshlaydi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar