Mahmut Oʻzer bolalar bilan Ataturk qabrini ziyorat qildi

Mahmut Oʻzer bolalar bilan Ataturk qabrini, Anitkabir yodgorlik majmuasini ziyorat qildi.

1978219
Mahmut Oʻzer bolalar bilan Ataturk qabrini ziyorat qildi
23 nisan.jpg

Milliy ta’lim vaziri Mahmut Oʻzer bolalar bilan 23-aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami munosabati bilan Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafa Kemal Ataturk qabrini, Anitkabir yodgorlik majmuasini ziyorat qildi.

Bolalar bilan sher yoʻlida yurgan Mahmut Oʻzer, Gʻoziy Mustafa Kemal Ataturk qabriga gulchambar qoʻyib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Ortidan esa Milliy madhiya oʻqildi.  

Milliy ta’lim vaziri Oʻzer, Anitkabir maxsus daftarchasiga his-tuygʻu va fikrlarini yozib qoldirdi.

Mahmut Oʻzer unda:

Milliy iroda va mustaqillik ramzi boʻlmish Turkiya Buyuk Millat Majlisining tashkil topishining 103-yilligida, Mustafa Kemal Ataturk tomonidan Turkiya va dunyo bolalariga armagʻon etilgan 23-aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayramini nishonlashdan xursand ekanini bildirdi.

Unda shuningdek:

“«Mustaqillik hech qanday shartsiz xalqningdir!» - degan tamoyil bilan bezalgan bu qutlugʻ kunda koʻksimiz, muqaddas vatanimizni omonat qilib beruvchi bolalarimizga boʻlgan ishonch bilan togʻday koʻtarilmoqda”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.   

 


Tanlangan kalimalar: #bolalar , #Anitkabir , #Ataturk , #Mahmut Oʻzer

Aloqador xabarlar