Qora dengiz tabiiy gazi topilganidan 32 oydan keyin quriqlikka olib chiqildi

Qora dengiz tabiiy gazi topilganidan 32 oydan keyin, Prezident Erdo‘g‘an ishtirokidagi marosim bilan quriqlikka olib chiqildi.

1977827
Qora dengiz tabiiy gazi topilganidan 32 oydan keyin quriqlikka olib chiqildi
erdogan filyos.jpg
erdogan filyos1.jpg
erdogan filyos2.jpg
filyos.jpg

Qora dengiz tabiiy gazi Zonguldak viloyatining Chamjuma tumaniga qarashli Filyos shaharchasida uyushtirilgan marosimda Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan yoqilgan mash’ala ortidan quriqllika olib chiqila boshladi.

Prezident Erdo‘g‘an, mazkur marosimda so‘zlagan nutqida ishtirokchilarni salomlab, yurtdoshlarini yana bir bor Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

“Ikkinchi bayramimiz – yurtimizning energetik mustaqilligi yo‘lida tashlangan tarixiy qadam, Qora dengiz gazining foydalanishga topshirilishidir”.-degan Erdo‘g‘an, bu loyihaning birinchi bosqichi 2020-yilning avgust oyida Filyos qirg‘og‘idan 175 kilometr uzoqlikdagi Sakariya gaz sohasida “Fatih” burg‘ulash kemasi faoliyati orqali amalga oshirilganini yodga soldi.

Erdo‘g‘an, “Fatih” burg‘ilash kemasiga Qonuniy va Yovuz burg‘ulash kemalarining ham qo‘shilishi bilan kengaygan tadqiqotlar natijasida Qora dengizdagi gaz zaxirasi 710 milliard kub metrga yetganini bildirdi.

Dunyoning boshqa hududlarida topilgan gaz 6-7 yilda foydalanishga topshirilar ekan, Turkiya bu jarayonni 3 yildan kamroq vaqt mobaynida tamomlaganini ma’lum qilgan Erdo‘g‘an:

“Topilishidan faqatgina 32 oydan keyin Qora dengiz gazini quriqlikka olib chiqish marosimi orqali ushbu uzun va murakkab safarning eng baxtli lahzasiga yetib keldik. Xudo xohlasa Sakariya sohasidan eng avvalo bir kunda 10 million metr kub, ochiluvchi yangi qudiqlardan kelasi jarayonda 40 million metr kub gaz chiqaramiz”.-deya gapirdi.

Prezident Erdo‘g‘an, bu loyiha orqali mamlakatning tabiiy gazga bo‘lgan qaramliligini sezilarli darajada kamaytirish bilangina cheklanib qolmay, ayni vaqtda Filyos va Zonguldak mintaqalarini muhim energiya, texnologiya va logistika bazasiga aylantirilganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Erdo‘g‘an: “To‘liq quvvatga ega bo‘lganimizda, mamlakatimizning yillik ehtiyojining qariyb 30 foizini shu yerdan qondira olamiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar