"Bayraktar Kizilelma" sinovlardan muvaffaqiyatli o'tmoqda

Baykar boshqaruv kengashi raisi va texnologiya rahbari Selchuk Bayraktar o'zining ijtimoiy media hisobi orqali Qizilelmaning 6 va 7-chi parvoz sinovlari tasvirlarini baham ko'rdi.

1977456
"Bayraktar Kizilelma" sinovlardan muvaffaqiyatli o'tmoqda

 

Milliy jangovar samolyot Bayraktar Kizilelmaning sinov ishlari muvaffaqiyatli davom etmoqda.

Baykar boshqaruv kengashi raisi va texnologiya rahbari Selchuk Bayraktar o'zining ijtimoiy media hisobi orqali Qizilelmaning 6 va 7-chi parvoz sinovlari tasvirlarini baham ko'rdi, unda ketma-ket uchish va qo'nish va yuqori tezlikdagi parvoz sinovlari muammosiz amalga oshirildi.

Selchuk Bayraktar, Twitter hisobi orqali loyihani tanqid qilgan doiralarga munosabat bildirdi.

“Biz har qanday tuhmatlar bilan yo‘limizni to‘smoqchi bo‘lganlar bizning #Qizil ko‘klarimizga yetib qolmasligi uchun har bir sinovda tezlikimizni biroz yana  oshiramiz.Parvozlarimiz va kurashimiz toki mamlakatimiz osmon va fazoda to‘la mustaqil bo‘lgunga qadar davom etadi”.

 


Tanlangan kalimalar: #Muvaffaqiyat , #Sinov , #Bayraktar Kizilelma

Aloqador xabarlar