Abdulmajid Tabbun bilan Prezident Erdo‘g‘an Sudandagi voqealarni qo‘lga oldi

Prezident Tabbun bilan Prezident Erdo‘g‘an telefon orqali muloqot qildi.

1976793
Abdulmajid Tabbun bilan Prezident Erdo‘g‘an Sudandagi voqealarni qo‘lga oldi

Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tabbun Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan Sudandagi voqealarni qo‘lga oldi.

Jazoir Prezidenti Ofisi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Prezident Tabbun bilan Prezident Erdo‘g‘anning telefon orqali muloqot qilgani qayd etildi.

Bayonotda,

“Ikki prezident qardosh Sudandagi xavfli va qayg‘uli voqealarni muhokama qildilar. Muloqot chog‘ida vaziyatni siyosiy jihatdan nazorat ostiga olinishi va bu muborak Ramazon oyida birodarlar o‘rtasidagi to‘qnashuv to‘xtatilishi uchun chora ko‘rish yo‘llari qo‘lga olinib, muloqotning ahamiyati ta’kidlandi”.-deyildi.

Tabbun bilan Erdo‘g‘anning ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar va bu aloqalarni mustahkamlash yo‘llarini ham muhokama qilingani bildirilgan bayonotda, liderlarning Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini tabriklagani ma’lum qilindi.

Jazoir davlati Arab Ligasi davriy rahbarligi sifatida Sudanni, armiya va Tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuvlarni to‘xtatish va kelishmovchiliklarni muloqot yo‘li orqali hal qilishga chaqirgandi.

 



Aloqador xabarlar