TCG Anadolu kemasi tashrif buyuruvchilarni kutib olmoqda

Dengiz kuchlari qo’mondoni Admiral Erjument Tatlio’g’li 10 aprel kuni xizmatga kirgan Turkiyaning eng katta harbiy kemasi TCG Anadoluni ziyorat qildi va dengizchilar bilan uchrashdi.

1976629
TCG Anadolu kemasi tashrif buyuruvchilarni kutib olmoqda
TCG Anadolu (57).jpg
TCG Anadolu (59).jpg

 

Dengiz kuchlari qo’mondoni Admiral Erjument Tatlio’g’li 10 aprel kuni xizmatga kirgan Turkiyaning eng katta harbiy kemasi TCG Anadoluni ziyorat qildi va dengizchilar bilan uchrashdi.

Milliy Mudofaa vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntidan olingan xabarda,

"Mana bizning g'ururimiz va qahramonlarimiz. Dengiz kuchlari qo'mondoni Admiral Erjument Tatliog'lu, yaqinda foydalanishga topshirilgan va bugun fuqarolarimiz ziyoratiga ochilgan TCG Anadoluda qahramon dengizchilarimiz bilan uchrashdi." Deya  bayonotlar kiritildi.

Ayni paytda TCG Anadolu o'z mehmonlarini langar tashlagan Istanbul Sarayburnu portida mehmon qilmoqda.

Port kirishida kutayotgan ko'plab fuqarolar, dunyodagi birinchi qurolli uchuvchisiz havo vositasi (SİHA) bo'lgan kemani ziyorat qilish uchun uzun navbatlar hosil qildi.

Kema harbiy xizmatchilari tomonidan qabul qilingan fuqarolar kun xotirasiga esdalik fotosuratga tushdilar.

Kemaga 18-23 aprel kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha tashrif buyurish mumkin.

TCG Anadolu kemasi fuqarolarni kutib olish uchun 24 aprel kuni Bo’g’azichidan o'tadi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar