Turkiyaning eng katta harbiy kemasi bugun xalqqa ochiladi

Dunyoning birinchi qurolli uchuvchisiz havo vositasi (SİHA) kemasi TCG Anadolu Istanbulda xalq bilan uchrashish uchun Sarayburnuga langar tashladi.

1975757
Turkiyaning eng katta harbiy kemasi bugun xalqqa ochiladi

 

Dunyoning birinchi qurolli uchuvchisiz havo vositasi (SİHA) kemasi TCG Anadolu Istanbulda xalq bilan uchrashish uchun Sarayburnuga langar tashladi.
Turkiyaning eng katta harbiy kemasi bugun Turkiya vaqti bilan soat 13.00 dan keyin xalqqa ochiladi.

Uzunligi 231 metr va eni 32 metr bo'lgan TCG Anadolu kemasida 94 ta transport vositasini tashish imkoniyatiga ega.

10 ta vertolyot yoki 11 ta SİHA parvoz kemasiga, 19 ta vertolyot yoki 30 SİHA angarga joylashtirilishi mumkin.

1223 nafar xodimga ega kemada to‘liq kasalxona va 2 ta operatsiya joyi mavjud.

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar, TCG Anadoluning Istanbuldagi fuqarolarning ziyoratiga ochilishini aytdi.

Akar, kemaning keyin Qora dengizga qarab harakatlanishini bildirdi.

Kemaning ziyoratchilarga ochilishini eslatgan Akar, “Turkiyaning qudratini ko’rmagan va eshitmaganlar ko’radi va eshitadi” dedi.

Katta kema bugun soat 13.00 dan 18.00 gacha; 18 apreldan 23 aprelgacha soat 10:00 dan 18:00 gacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo'ladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #SİHA , #Ziyoratlar , #TCG Anadolu kemasi

Aloqador xabarlar