“Qizilolma” to‘rtinchi sinovdan ham o‘tdi

“Bayraktar Qizilolma”, “AKINCI” deb nomlangan Uchish, ta’lim va sinov markazida shu bilan to‘rtinchi marotaba parvoz qildi.

1975540
“Qizilolma” to‘rtinchi sinovdan ham o‘tdi

Turkiyaning ilk insonsiz qiruvchi samolyoti “Bayraktar Qizilolma” (Bayraktar Kızılelma), mamlakatning Tekirdag‘ viloyatiga qarashli Chorlu tumanidagi “AKINCI” deb nomlangan Uchish, ta’lim va sinov markazida shu bilan to‘rtinchi marotaba parvoz qildi.

“Baykar”ning qayd etishicha, “Baykar” tomonidan butunlay milliy manbaalar bilan ishlab chiqarilgan “Bayraktar Qizilolma”, insonsiz qiruvchi samolyotining sinov kampaniyasi, rejalashtirilgan yo‘nalishda davom etmoqda. Kampaniya doirasida amalga oshirilgan to‘rtinchi parvoz orqali tizimni aniqlash testi muvaffaqiyatli ravishda tamomlandi.

Bugungacha ikkita prototipi muvaffaqiyatli ishlab chiqarilgan “Bayraktar Qizilolma”ni ishlab chiqish va ishlab chiqarish faoliyati davom etmoqda. Kelasi 2024-yili, milliy insonsiz qiruvchi samolyotni seriyaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

“Bayraktar Qizilolma” bilan “Bayraktar TB3” qurolli insonsiz havo vositalari 10-aprel kuni bo‘lib o‘tgan inventarni qabul qilish marosimida, dunyoning birinchi qurolli insonsiz kemasi hisoblangan “TCG Anadolu”ning palubasidan o‘rin oldi. “Bayraktar Qizilolma” insonsiz qiruvchi samolyotining “TCG Anadolu” kemasidan uchish sinovlari 2025-yili boshlashi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar