Suriya masalasi bo‘yicha navbatdagi uchrashuv may oyi boshida o‘tkazilishi kutilmoqda

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu xususiy bir telekanalda bayonot berdi.

1972783
Suriya masalasi bo‘yicha navbatdagi uchrashuv may oyi boshida o‘tkazilishi kutilmoqda

Turkiya, Rossiya, Suriya va Eron Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishining qachon bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritila boshladi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu xususiy bir telekanalda bayonot berdi.

Chavusho‘g‘lu, Suriya bo‘yicha Rossiya poytaxti Moskvada o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan yig‘ilishning may oyi boshida bo‘lishi mumkinligini qayd etdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, “Kelasi davrda to‘rt tomonli yig‘ilish rejalashtirilmoqda. Tashqi ishlar vazirlari ishtirokida. Ruslardan olgan xabarga ko‘ra, may oyida bo‘ladi degan fikrdamiz. Bu avvalgi uchrashuvdagidek Moskvada bo‘ladi”, - dedi.

3-4 aprel kunlari Moskvada Turkiya, Rossiya, Eron va Suriya Tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari ishtirokida to‘rt tomonlama texnik uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.

Unda tomonlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilib, har bir davlat o‘z pozitsiyasi va nuqtai nazarini ochiq va oshkora bayon qildi.

Shu doirada tomonlar maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.



Aloqador xabarlar