“IMECE”ni uchirish amaliyoti keyingiga qoldirildi

"IMECE" - Turkiyaning mahalliy va milliy birinchi kuzatuv sun’iy yo‘ldoshidir.

1972942
“IMECE”ni uchirish amaliyoti keyingiga qoldirildi

Turkiyaning mahalliy va milliy birinchi kuzatuv sun’iy yo‘ldoshi “IMECE”ni uchirish amaliyoti keyingiga qoldirildi.

TUBITAK (Turkiya Ilmiy va texnik tadqiqot kengashi) tomonidan Twitter sahifasi orqali berilgan bayonotga ko‘ra, “IMECE” sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiquvchi “Falcon 9” raketasining ishlashidan mas’ul “SpaceX” firmasi, uni bugun uchirishning imkoni yo‘qligini qayd etgan.

Bayonotda, hozircha bir kunga qoldirilgan amaliyotning aniq sanasi va soatini keyinroq eʼlon qilinishi taʼkidlandi.

Boshqa tomondan, “SpaceX”, Twitter sahifasi orqali bergan bayonotida xodimlarning ob-havoni kuzatayotgani bildirdi.

“IMECE” sun’iy yo‘ldoshi, 21-fevral kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan Vandenberg kosmik kuchlari bazasiga jo‘natilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #IMECE , #sun’iy yo‘ldosh

Aloqador xabarlar