Turkiya al-Aqsodagi Isroil bosqinlarini lanatladi

Tashqi ishlar vazirligi Isroil kuchlarining al-Aqsoga qarshi uyushtirgan hujumlari bilan provokatsiyalari haqida bayonot berdi.

1970298
Turkiya al-Aqsodagi Isroil bosqinlarini lanatladi

Turkiya, ishgʻol ostidagi Sharqiy Quddusda joylashgan al-Aqso jome’ masjidiga bosqin uyushtirish orqali koʻplab falastinlikni nazorat ostiga olgan Isroil politsiyasi harakatini lanatladi.

Tashqi ishlar vazirligi Isroil kuchlarining al-Aqsoga qarshi uyushtirgan hujumlari bilan provokatsiyalari haqida bayonot berdi.

Unda, “Isroil xavfsizlik kuchlarining kecha kechqurundan beri al-Aqso jome’ masjidiga bosqin uyushtirishi, Qibla masjidiga kirganlarga aralashuvi hamda koʻplab falastinlik tinch aholini nazorat ostiga olishini lanatlaymiz”.-deyildi.

Muborak Ramazon oyida al-Aqsoda namoz o‘qiganlarga qarshi qilingan bu hujumlarni qabul qilish imkonsiz ekani ta’kidlangan bayonotda:

“Xususan, Gʻazo bosh boʻlish bilan birga mintaqada avj olgan holatdan tashvishdamiz. Isroil hukumati mintaqadagi keskinlikning yanada kuchayishiga olib keluvchi har qanday harakat va hujumlarni tezlik bilan toʻxtatishi kerak”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar ham mavzu haqida bergan bayonotida, “Isroilning, oʻz e’tiqodini ifodalash va unga amal qilishdan boshqa tuygʻu va tushunchalari boʻlmagan insonlarga qarshi uyushtirgan harakatlarini qoralab, lanatlayman”.-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar