Birinchi togg Prezident Erdo’g'anga topshirildi

Mahalliy elektr avtomobil markasi Togg tomonidan ishlab chiqarilgan dastlabki ikkita avtomobil Prezident Rejep Tayyip Erdo’g'an va uning rafiqasi Emine Erdo’g'anga topshirildi.

1969324
Birinchi togg Prezident Erdo’g'anga topshirildi
togg.jpg
togg erdogan.jpg

 

Mahalliy elektr avtomobil markasi Togg tomonidan ishlab chiqarilgan dastlabki ikkita avtomobil Prezident Rejep Tayyip Erdo’g'an va uning rafiqasi Emine Erdo’g'anga topshirildi.

Poytaxt Ankaradagi Prezidentlik majmuasida Toggning T10X modelining dastlabki ikki namunasini yetkazib berish marosimi bo'lib o'tdi.

Prezident Erdo'g'an va rafiqasi Emine Erdo'g'an ishlab chiqarilgan dastlabki ikkita avtomobilni oldi.

Erdo’g’an, marosimdagi nutqida “Bugun xalqimizning 60 yillik orzusining amalga oshishiga guvoh bo’layapmiz” dedi.

“Biz nafaqat Turkiya yo'llarida, balki dunyo yo'llarida ham Toggimizni kuzatib boramiz. Tezlik uchun tezlik, qulaylik uchun qulaylik. Nima izlasangiz, unda bor”. dedi.

Erdo'g'an, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga bugun poytaxt Bokuda Togg yetkazib berilishini va uni O'zbekistonga yuborish uchun ham  jarayoni davom etayotganini bildirdi.

Birinchi xonim Erdo’g'an, "Vatanim bilan faxrlanaman. Mashinani ishlatish ham juda qulay. Unda o'zingizni xotirjam his qilasiz. Hissa qo'shganlarga rahmat aytaman. Ajoyib vosita. Omad tilaymiz" deya qayd etdi.

Toggning ommaviy ishlab chiqarish liniyalaridan chiqqan birinchi mashinasi Prezident Erdo’g'anga topshirilishi bilan yil oxirigacha 20 ming avtomobil foydalanuvchilarga yetkazib berilishi jarayoni boshlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Topshirildi , #Prezidnet Erdog'an , #Togg

Aloqador xabarlar